Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab 12 yillik tizimga o‘tishi haqidagi xabarlar asossiz. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi», deyiladi xabarda.
Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.