Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanidagi xonadonlardan biri hojatxonasidan 3 kishi murdasi topildi. Ular baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 27 aprel kuni Sardoba tumani, Fayzliobod mahallasida yashovchi fuqarolar M.A., A.A. hamda A.K. yashash xonadonining hojatxona o‘rasiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan tushgan.
Sirdaryo viloyati prokuraturasi va tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.