London: Rossiya kuchlari ZAES reaktorlarida mudofaa pozitsiyalarini o‘rnatdi
Ukrainadagi urush bo‘yicha vaziyatga bag‘ishlangan navbatdagi sharhda Britaniya Mudofaa vazirligi mart oyidagi sun’iy yo‘ldosh suratlariga e’tibor qaratdi.

Foto: Picture Alliance
Ulardan xulosa qilish mumkinki, rossiyaliklar Zaporijjya atom elektr stansiyasi reaktorlarining bir nechta binolarida mudofaa pozitsiyalarini o‘rnatmoqda.
Suratlarda bir nechta reaktorlarning tomidagi qum qoplari aks etgan, deya qayd etiladi Twitter’da e’lon qilingan sharhda.
Bu - reaktor binolari taktik mudofaa rejasida hisobga olinayotganining birinchi belgisidir, deya ma’lum qildi London.
Britaniya idorasi bu harakatlarda Rossiya qo‘mondonligining Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan qarshi hujum oldidan xavotirini ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu holat jangovar harakatlar paytida ZAESga zarar yetkazish xavfini oshiradi, ammo reaktorlarga falokatli zarar yetishi ehtimoldan yiroq, sababi Zaporijjya atom elektr stansiyasi konstruksiyasi jiddiy mustahkamlangan, deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025