Kupyanskka raketa zarbasi berildi, Donbassda artilleriya ishlamoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 426-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahri markaziga zarba berdi. Raketa O‘lkashunoslik muzeyi binosiga kelib tushgan, ikki ayol halok bo‘lib, tinch aholi vakillari bo‘lgan yana 10 kishi tan jarohatlari olgan.
- Vladimir Putin Rossiyaning chet eldagi aktivlari musodara qilingan taqdirda javob choralari ko‘rish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar»dan bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning aktivlarini «vaqtincha boshqaruvga o‘tkazish»ni nazarda tutadi.
- Ukrainada Xakasiya oliy kengashi deputati Dmitriy Ivanov halok bo‘ldi, u «Vagner» XHK safiga qo‘shilgandi.
- Novosibirsk aholisi vakillari 200 ga yaqin yangi qabrlardan iborat qabristonni aniqladi. «Tayga.Info» ma’lumotiga ko‘ra, qabrlarning aksarida — «Vagner» XHK o‘zining Ukrainada halok bo‘lgan yollanma jangchilarining qabrlariga o‘rnatadigan guldastalarga o‘xshash guldastalar bor. Dafn etilganlarning askari o‘tmishda uzoq muddatlarga qamalgan mahbuslar bo‘lgan.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainaga Challenger 2 tanklari uchun minglab o‘q-dorilar, jumladan kuchsizlantirilgan uranli snaryadlar yuborilganini ma’lum qildi.
Kupyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shini 25 aprel kuni Kupyansk shahrini o‘qqa tutdi — Xarkiv oblastining sharqiy qismidagi bu shahar 2022 yilda yarim yildan oshiq vaqt davomida okkupatsiya ostida yashagan, sentabr oyida Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi davomida ozod etilgandi.
Zarba O‘lkashunoslik muzeyiga berilgan. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov xabar berishicha, hujum oqibatida ikki ayol halok bo‘lgan, yana o‘n kishi yaralangan. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z hisobotida Rossiya artilleriyasining Kupyansk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlarini bayon qilgan, ammo shaharning o‘zi o‘qqa tutilgani haqida eslab o‘tmagan. Quyida Kupyanskda zarba oqibatlari aks etgan suratlar.

EPA / Scanpix / LETA


Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA

EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari


Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Mavzuga oid

19:54 / 02.02.2025
Frontdagi vaziyat: Rossiya armiyasi bir hafta ichida Ukrainaning ikki qal’asini egalladi va uchinchisini qo‘lga kiritishga yaqin

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024