Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, DAF rusumli yuk avtomobili haydovchisi Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan.
Qayd etilishicha, shu harakat yo‘nalishidagi Damas rusumli avtomashina haydovchisi yuk mashinasidan avtomobilni olib qochishi oqibatida xandaqqa tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va Damas avtomobilidagi 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.