AQSh Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
Raketa Tinch okeani ustidan 6,76 ming kilometr masofaga parvoz qildi.

Foto: afgsc.af.mil
Qo‘shma Shtatlar harbiylari Kaliforniyadagi bazada Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini (QBR) sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Vandenberg kosmik kuchlari bazasi xabar berdi.
«Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi uchuvchilari va dengiz floti ekipajlarining qo‘shma guruhi Minuteman III ballistik raketasini uchirdi», deyiladi xabarda.
AQSh mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketaning uchirilishi AQSh yadroviy kuchlarining tayyorligini namoyish etish uchun bo‘lgan.
Qayd etilishicha, QBR Tinch okeani ustidan 6,76 ming kilometr masofaga parvoz qilgan.
A joint team of Air Force Global Strike Command Airmen and Navy aircrew launched an unarmed Minuteman III intercontinental ballistic missile equipped with one test re-entry vehicle April 19 at 05:11 a.m. Pacific Time from Vandenberg SFB, Calif. pic.twitter.com/eRzwNKulYa
— Vandenberg Space Force Base (@SLDelta30) April 19, 2023
Mart oyida AQSh Harbiy-havo kuchlari Minuteman III o‘rnini bosuvchi LGM-35A Sentinel ballistik raketasining statik zarba sinovlarini o‘tkazayotganini e’lon qilgan edi.
Keyinroq Bloomberg AQSh harbiy-havo kuchlari yangi B-21 bombardimonchi samolyoti va Sentinel qit’alararo ballistik raketasini ishlab chiqish va sotib olish uchun 73 milliard dollardan ko‘proq so‘rash niyatida ekanini yozdi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

17:19 / 10.03.2025