Shimlarni nega to‘g‘ri chiziq qilib dazmollaymiz? Biz har kuni duch keladigan, lekin asl vazifasini bilmaydigan narsalar haqida  

Jamiyat 13:37 / 17.04.2023 19547

Xo‘rozqand ushlagichining (“Chupa-chups”) nega ichi teshik bo‘ladi?

Sababi xo‘rozqand ayni ichi g‘ovak dastaga mustahkam o‘rnashadi va tushib ketmaydi.

Sharikli ruchkalar qopqog‘idagi teshik

Bolalar odatda hamma narsani og‘izga solib ko‘rishni yaxshi ko‘radi. Ba’zilar hatto maktab davrida ham ruchkani og‘izga solib o‘tirishadi. Bu teshik bexosdan qopqoq yutib yuborilsa, tiqilib qolgan odamni bo‘g‘ilib qolishdan asraydi.

Shimlarni nega to‘g‘ri chiziq qilib dazmollaymiz?

Klassik uslubdagi shimlarning old tomonida to‘g‘ri chiziq bo‘lishiga ko‘zimiz o‘rganib qolgan. Lekin ularning biror vazifasi yo‘q. Gap shundaki, shimlar dastlab, 19 asrda, asosan, eksport uchun ishlab chiqarilgan va jo‘natishdan oldin qutilarga bosib taxlangan. Paydo bo‘lib qolgan to‘g‘ri chiziqni yo‘q qilish qiyin, uni biror usulda qabul qilish kerak bo‘lgan xolos.

Osiyo fast-fud qutichalarining qulayligi

Xohlagan odam qutichadagi lapshani ehtiyotkorlik bilan tayoqchalar orqali ham amallab yeyishi mumkin. Lekin agar qutini kengaytirsangiz, u qulay likopchaga aylanadi va ovqatlanish ancha qulay bo‘ladi.

Bosh kiyimdagi dumaloqchalar nega kerak?

Dastlab, dumaloq shaklli pomponlar kemalarning pastak shiftlari va tokchalarga boshini urib olishdan charchagan fransuz dengizchilarining bosh kiyimlarida paydo bo‘lgan. Pompon bosh kiyimning uchida bo‘lgani uchun himoya vazifasini bajargan. Keyinchalik bu usuldagi bosh kiyimlar harbiylarning ham kiyimlarida aks eta boshladi. Bir-biridan farq qiluvchi pomponlar harbiylarning qaysi yo‘nalishda xizmat qilishini ham aniqlashga yordam bergan.

Ustalar ishlatadigan o‘lchagichning uchida nega teshik bor?

Bu teshik uzoq masofali yuzani o‘lchayotganda qo‘l keladi. Usta chizg‘ichni yuzaning bir uchiga kiritib keyingi uchini bemalol tortishi mumkin.

Gaz pechining tagida bo‘sh joy bor?

Odatda, bu qismda bekalar tova va shunga o‘xshash idishlarini saqlashadi. Lekin, aslida, bu bo‘sh joy pechda nimadir pishayotgan paytda oldinroq tayyor bo‘lgan ovqatlarni issiq saqlab turish uchun ishlatiladi.

Ryukzaklardagi 2 ta teshikli to‘rtburchak yamoqlar

Dastlab, bunday yamoqlar turistik maqsadda ishlatiladigan ryukzaklarga tikilgan, ulardan arqon o‘tkazish mumkin bo‘lgan. Biroq hozir, ular, asosan, dekorativ maqsadda tikiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: