O‘zbekistonda ayollarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 33 foizga yetdi
O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ayollar taraqqiyoti tashkiloti ijrochi direktori Afnan al-Shuaybiy o‘rtasida onlayn-uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Shutterstock
Uchrashuvda qayd etilganidek, O‘zbekistonda ayollarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 33 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalarda 46 foizga, oliy ta’limda 48 foizga yetdi. Tashabbuskor va faol ayollardan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda.
Afnan al-Shuaybiy O‘zbekiston rahbariyatining xotin-qizlarga e’tibori, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatini yuqori baholadi.
Muzokaralar natijasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, xususan, joriy yil so‘nggiga qadar Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

18:05 / 25.10.2024