64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023) 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Terma jamoa tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek To‘lqinovich — Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sa’dulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li — Buxoro viloyati Peshku tumani 18-maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob Umarovich — Navoiy viloyati Navoiy shahar 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maqsudov Behzod Alisher o‘g‘li — Xorazm viloyati Urganch shahar 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;
Ma’lumot uchun, prezidentning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, xalqaro olimpiadada sovrindor bo‘lganlarga oltin medal uchun BHMning 500 baravari (162 mln), kumush medal uchun BHMning 300 baravari (97,2 mln) va bronza medal uchun BHMning 200 (64,8 mln) baravarida pul mukofoti beriladi. Shuningdek, ular davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi Norvegiyaning Oslo shahrida 6-16 iyul kunlari o‘tkazilgandi. Unda Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritgandi.