Yanvar-mart oylarida «Tez yordam»ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

Jamiyat 08:45 / 09.04.2023 8673

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati o‘tgan 3 oyda «Tez yordam» xizmatiga mamlakat bo‘yicha jami 3 million 90 ming 479 ta chaqiriq kelib tushganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bemorlardan 276 ming 566 nafari shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng ko‘p murojaatlar:

  • Farg‘ona viloyatida — 359 795 ta;
  • Andijon viloyatida — 315 941 ta;
  • Toshkent shahrida — 307 994 ta;
  • Toshkent viloyatida — 294 037 ta;
  • Namangan viloyatida — 283 665 ta qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: