Inson huquqlari faoli O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonligi kamaymayotgani sabablari haqida gapirdi 

Jamiyat 21:43 / 07.04.2023 14410

“Bu ishni ikki qismga ajratish kerak. Birinchidan, jinoyatchiga nisbatan o‘ta yengil jazo berilganligi jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lyapti. Buni qonunchilikdagi bo‘shliqlar bilan malakalash mumkin. Ikkinchidan, bu soha nega muammolardan chiqmayapti, degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan malakalanadi. Umumlashtirib olsak, korrupsion omillar, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, an’ana shakliga kelib qolgan nimalardir bor. Bu illat sovet davrida ham bo‘lgan, mustaqillikning dastlabki yillarida avj oldi, 2018/19/20-yillarda ham bunday noxush holatlar bo‘ldi. Ya’ni bu yerda barcha omillar bir-birini yetaklab kelaveradi”, – dedi u.

Huquq faoliga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksida pedofiliya jinoyatlari alohida ajratilmagan. Masalaning og‘ir nuqtalaridan biri ham shu.

“Oilaviy zo‘ravonliklar ham shunday. Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan oilaviy zo‘ravonlikka oid qonun hujjati qabul qilinyapti, lekin bu hujjat ham to‘liq shaklda emas. Bu muammolar mamlakatning taraqqiyot darajasi, demokratlashuvi yo‘li bilan bog‘liq. Xalqaro tajribada o‘tgan asrning 30-40-yillarida Yevropada ham bizdagi holat bo‘lgan. Bu narsa iqtisodiy holat bilan ham bog‘liq, chunki har bir muassasaga pul ajratish kerak va hokazolar.

JKda «pedofiliya» so‘zining o‘zi yo‘qligi, tan olinmaganligi — juda katta fojialardan biri. Omillarga qaytadigan bo‘lsak, hokimiyat idoraviy boshqaruvida bo‘shliqlar bor. Aytaylik, nega Marg‘ilondagi, Qo‘qondagi hodisalardan keyin xulosa chiqarilmadi? Demak, bu sohaning shunday muammolari bor.

2020 yilda prezident tashabbusi bilan bu soha Milliy gvardiya vasiyligiga biriktirilgan edi. Lekin Milliy gvardiya buni bo‘yniga oladigan darajada katta tashkilot emas, ular o‘zining ishidan ortmaydi. Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarga e’tibor bersak, bu sohaga juda katta ijtimoiy mablag‘lar ajratiladi. O‘zbekiston esa hozirgi iqtisodiy salohiyati bilan bu muammoni qamrab olishi qiyin. Uchinchidan, rahbar xodimlarning etikasi. Hatto markaziy apparatda ham pedofillarning sherigi bor ekan, degan gaplar eshityapmiz”, – dedi Abdurahmon Tashanov.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: