Rossiyada «chet el agentlari» ro‘yxati yana kengaytirildi

Jahon 10:14 / 01.04.2023 7927

Rossiya Adliya vazirligi 31 mart, juma kuni «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirdi. Ro‘yxatga rus rok guruhi «Nogu svelo!» rahbari Maksim Pokrovskiy, novosibirsklik siyosatchi va YouTube'da rus tilidagi «Populyarnaya politika» kanali muallifi Sergey Boyko hamda Kareliya Jurnalistlar uyushmasi raisi Georgiy Chentemirov kiritildi.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan tashqarida yashovchi musiqachi Ukrainani ochiqdan ochiq, jumladan, mablag‘ yig‘ish orqali qo‘llab-quvvatlagan, xorijiy tuzilmalar bilan faol aloqada bo‘lgan, shuningdek, Rossiya fuqarolari haqida «salbiy» gapirgan. Boyko «Vatanga xizmat qilish g‘oyasini obro‘sizlantirgan» va «harbiy xizmatga salbiy munosabatni shakllantirgan», deb xabar berdi vazirlik.

Bundan tashqari, «chet el agentlari» reyestri Rossiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, «Rossiya armiyasini obro‘sizlantiradigan» «Teplitsa sotsialnyx texnologiy» loyihasi, Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini to‘xtatish tarafdori bo‘lgan «Nastoyashchaya Rossiya» birlashmasi bilan to‘ldirildi.

Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 600 dan ortiq tashkilot va jismoniy shaxslar taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritildi. «Chet el agentlari» jismoniy shaxslar reyestri 2022 yil aprel oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, «chet el agentlari» - NNTlar, «chet el agentlari» - ommaviy axborot vositalari va ro‘yxatdan o‘tmagan «chet el agentlari» - tashkilotlar ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxat bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: