Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

O‘zbekiston 11:22 / 01.04.2023 68499

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 3 aprelda +15...+20 daraja, 4-5 aprelda +12...+17 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 3-4 aprelda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 aprelda +9...+14 daraja, 4-5 aprelda +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi 3-4 aprelda +18...+23 daraja, 5 aprelda +15...+20 daraja bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprel ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 3-4 aprelda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: