Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident xorazmlik dehqonlar bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidagi «Xorazm faxri» urug‘chilik klasteri dalasida bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, klasterning umumiy yer maydoni 286 gektar. Shundan 147 gektarida g‘alla, 122 gektarida paxta yetishtirilmoqda. 45 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
Davlat rahbari ekinlar rivojini ko‘zdan kechirdi. G‘alla va g‘o‘zaning navi, mevali daraxtlar hosildorligi bilan qiziqdi.
Xorazm viloyati suv taqchil hudud sanaladi. Shuning uchun dehqonchilikda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilinmoqda. G‘alla maydonining bir qismida yomg‘irlatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Olma ko‘chatlari qadalgan yangi bog‘ oralariga esa sabzi, piyoz, sholg‘om kabi qishloq xo‘jaligi ekinlar ekish yo‘lga qo‘yilgan.
Prezident bunday omilkorlikni boshqalarga ham o‘rgatish kerakligini ta’kidladi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonda g‘alladan bo‘shagan maydonlar takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga bo‘lib berilmoqda. «Xorazm faxri» urug‘chilik klasterida ham 80 nafar aholiga 30 sotixdan sabzavot ekish uchun yer berilgan. Bu yil yana 26 nafar kishiga yer ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident shu yerda qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari bilan suhbatlashdi. Xorazmning tuprog‘iga mos ekinlar yetishtirish, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish muhimligi qayd etildi.
Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
-
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

09:45 / 21.07.2025
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlik qiladi

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

11:32 / 18.07.2025
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi

15:49 / 17.07.2025