INFINIX SMART 7 endi O‘zbekistonda

O‘zbekiston 10:55 / 31.03.2023 19891

Infinix Mobility kompaniyasi 5000 mAh sig‘imli akkumulyator va 64 Gb xotiraga ega, yangi budjetli INFINIX SMART 7 smartfonini taqdim etdi. Qurilma HD+ 6,6 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan. Endi bu ajoyib smartfon sizning kundalik vazifa va o‘yinlaringizda ishonchli yordamchi bo‘la oladi.

Atigi 980 000 so‘mga (3Gb/64Gb xotira bilan) yoki 1 037 000 so‘mga (4Gb/64Gb) evaziga siz kun bo‘yi bexavotir ishlashingiz uchun 5000mAh batareya bilan ta’minlangan hamrohga ega bo‘lasiz. Musiqa tinglash, sevimli teleserialingizning yangi faslini tomosha qilish yoki ijtimoiy tarmoqlarda sayr qilishni istaganda INFINIX SMART 7 ishingizni chalg‘imasdan davom ettirish uchun yaratilgan.

INFINIX SMART 7’da bir marta quvvatlash orqali - 50 soat musiqa tinglash, 39 soat gaplashish yoki 32 soat video ko‘rish mumkin. "Marathon Endurance" va "Ultra Energy Saving" rejimlari esa akkumulyator quvvatining oxirgi 5 foizida smartfoningizni kutish rejimida bir kun yoki 2 soat suhbatlashish imkonini beradi.

INFINIX SMART 7 o‘z toifasidagi smartfonlar orasida misli ko‘rilmagan silliqlikni ta’minlaydi. Ko‘proq operativ xotira tufayli filmlar tomosha qilish, musiqa tinglash va boshqa kundalik ishlarni bajarish siz uchun ancha yoqimli bo‘ladi, siz smartfonning ichki resurslaridan foydalangan holda uning xotirasini 7 Gb gacha oshirishingiz mumkin. Yana kim shu bilan maqtana oladi? Bundan tashqari, Fast Speed RAM tizimi ma’lumotlarni uzatish tezligini 95% ga oshirish va iste’molni 30% ga kamaytirish imkonini beradi.

Yangi smartfondagi Infinix Storage Streamlizing xususiy texnologiyasi fayllarni saqlashni optimallashtiradi va 15% gacha bo‘sh joyni bo‘shatish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, 600+ yuqori aniqlikdagi fotosuratlar va 200+ audio treklar uchun qo‘shimcha joy yaratadi. Ammo agar siz smartfoningiz xotirasi yanada ko‘proq bo‘lishini xohlasangiz, bu smartfon xotira kartalari bilan 2 TB gacha bo‘lgan xotirani kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Suratlaringiz haqiqatan ham sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun INFINIX SMART 7 kamerasi ikki tomonlama sun’iy intellekt algoritmi bilan jihozlangan. Shu bilan birga, smartfonning old kamerasidagi yorqin chiroq tufayli selfi-suratlarda doimo porlab turasiz.

INFINIX SMART 7 - kumush ionlari bilan antibakterial qoplama, Ds ovozni qayta ishlash texnologiyasiga ega DIY musiqa muharriri, 500 dan 1 nitgacha avtomatik yorqinlikning 4096 darajasi, foydalanish mumkin bo‘lgan ekran maydoni nisbati 84%, yuz va barmoq izi skanerlari, 10 000 dan ortiq o‘tkazilgan balandlikdan tushirish test sinovlari , -15°C dan +50°C gacha uzluksiz ishlash, Yevropa Ittifoqi/AQSh sertifikati (CE/FCC muvofiqlik testi) va boshqalar. Endi esa INFINIX SMART 7 o‘zbekistonliklarga bor-yo‘g‘i 980 000 so‘mdan (3Gb/64Gb) 1 037 000 so‘mgacha (4Gb/64Gb) narxda taqdim etiladi.

Infinix haqida:

Infinix tez rivojlanayotgan smartfon kompaniyasi bo‘lib, u 2013 yilda tashkil etilgan. INFINIX brendi butun dunyo bo‘ylab o‘sib borayotgan raqamli mobil qurilmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.

Bugungi yoshlarga e’tibor qaratgan INFINIX ilg‘or texnologiyalarni, murakkab uslub va quvvatli, puxta ishlab chiqilgan mobil qurilmalarga aylantiradi. INFINIX qurilmalari zamonaviy, dinamik, hamyonbop bo‘lib, foydalanuvchi texnologik taraqqiyotda yetakchi o‘rinlarda turadi. Kompaniya ajoyib dizayn va raqobatbardosh narxlarda sotiladigan premium flagman qurilmalarini yaratishni davom ettirish bo‘yicha katta rejalarni amalga oshiradi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: https://www.infinixmobility.com/uz/

Ko‘proq yangiliklar: