Har bir mijozga g‘amxo‘rlik ila: Express24 qo‘llab-quvvatlash xizmati qanday ishlaydi?

O‘zbekiston 13:52 / 31.03.2023 9430

Express24 – mahalliy oziq-ovqat, mahsulot va tovarlar yetkazish xizmati bo‘lib, u O‘zbekistondagi 6ta shaharda faoliyat yuritadi: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qo‘qon. Har kuni, kunning istalgan vaqtida qo‘llab-quvvatlash xizmati operatorlari mijozlar bilan doimiy aloqada. Ular mijozlarning muammolarini hal qilishga hamda barcha turdagi murojaatlarga javob berishga harakat qiladilar.

Hozirda qo‘llab-quvvatlash xizmatida 39 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda va ular mijozlar hamda hamkorlar bilan chat, shuningdek ikkita tarmoq orqali 24/7 aloqada: birinchisi – mijozlar va hamkorlar uchun, ikkinchisi – kurerlar uchun. Operatorlar doim har bir murojaatga individual yondashib, yuzaga kelgan vaziyat uchun tezkor va samarali yechim topadilar.

Qo‘llab-quvvatlash xizmati boshlig‘i Tishabayeva Yekaterina besh xil holat misolida Express24 qo‘llab-quvvatlash jamoasi mijozlar bilan qanday ishlashi va yuqori darajali xizmat ko‘rsatishni kafolatlashi haqida so‘zlab beradi.

- Mijozlar buyurtma yetkazilishi kechikayotganligi haqida murojaat qilganda siz qanday yo‘l tutasiz?

Mijozlar biz bilan bog‘lanib, buyurtma yetkazilishi kechikayotganligi haqida xabar bersa, operatorlar shu ondayoq ma’lumotlarni tekshirishga kirishadilar. Biz mijozlarga samimiy g‘amxo‘rlik ila munosabatda bo‘lamiz, shu sababli ular uchun eng maqbul yechim taklif qilishga intilamiz. Ma’lum vaziyatlarda biz bepul yetkazish yoki kompensatsiya to‘lovini taklif etishga tayyormiz.

-  Mijozlar buyurtmani zararlangan holda olganliklari haqida murojaatlar ham kelib tushadimi?

Ha, ba’zida shunday holatlar ham bo‘lib turadi. Bunday hollarda biz mijozga ikki turdagi yechimni taklif etamiz:

1) buyurtmani qaytadan, kompensatsiya bilan bepul yetkazish;

2) buyurtmani bekor qilish va to‘liq kompensatsiya olish.

Ba’zi mijozlar buyurtmani qabul qilingan holida olib qolishni ma’qul ko‘radilar. Bunday hollarda biz mijoz hisobiga kompensatsiya o‘tkazamiz.

- Buyurtma to‘liq yetkazilmaganligi haqidagi murojaatlar qanday tartibda ko‘rib chiqiladi?

Chatda, izohlarda yoki qo‘ng‘iroq orqali unutib qoldirilgan tovar haqida mijozdan murojaat kelib tushganda, biz mijozdan unutib qoldirilgan tovar yetkazilgunga qadar kutish qulayligini yoki mijoz bonus hisobiga kompensatsiya o‘tkazganimiz ma’qul kelishini aniqlashtiramiz.

1) Agar mijoz unutilgan tovarni kutishni tanlasa, operatorlar bir zumda restoran bilan bog‘lanib, yangi kurer tayinlaydilar. Bunday hollarda yetkazish bepul amalga oshiriladi.

2) Agar mijoz kompensatsiyani tanlasa, operatorlar Express24'dagi mijoz bonus hisobiga kerakli summani o‘tkazadilar va mijoz bu summadan kelajakda foydalanishi mumkin.

Biz muammolarga samarali yechim topish va mijozlarga buyurtma qilishda qulaylik yaratish uchun zaruriy tadbirlarni ko‘rishga doim tayyormiz.

- Mijoz uning buyurtmasi yoki ma’lum tovar o‘rniga boshqasi yetkazilganligi haqida murojaat qoldirganda qanday yo‘l tutiladi?

Mijozdan buyurtmadagi tovar o‘rniga boshqa tovar, yoki umuman boshqa buyurtma yetkazilganligi haqida bizga murojaat kelib tushganda biz mijozga muammoni hal qilishning bir necha yo‘lini taklif etamiz:

1) Biz buyurtma yoki ma’lum tovarni almashtirishimiz mumkin – bunday hollarda buyurtma mijozga bepul yetkaziladi;

2) Agar mijoz buyurtma yoki tovarni almashtirmaslikni ma’qul ko‘rsa, operator buyurtma summasini tekshirib ko‘radi. Agar yetkazilgan mahsulot buyurtma qilinganidan arzonroq bo‘lsa, o‘zaro narxdagi farq to‘lov orqali qoplanadi.

Bundan tashqari ushbu xatolik tufayli yuzaga kelgan noqulaylikni bartaraf etish uchun biz mijozga kompensatsiya taqdim etamiz.

- Rasmiylashtirilgan buyurtma uchun to‘lov turini almashtirish yuzasidan ham murojaatlar kelib tushadimi?

Shunday murojaat bilan ko‘p holatlarda mijozlar biz bilan emas, bizning operatorlarimiz mijozlar bilan bog‘lanadilar. Bunday holatlar mijoz hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasligi sababli yuzaga keladi. Bu turdagi buyurtmalar operatorlar ekranlarida «to‘lanmagan» holda ko‘rinadi. Biz mijoz bilan bog‘lanib, muammo haqida xabar beramiz va ikki turdagi yechimni taklif etamiz:

1) karta hisobi to‘ldirilgandan so‘ng biz qayta tranzaksiya o‘tkazib, buyurtma summasini yechib olamiz;

2) to‘lov turini naqdga o‘zgartirish.

- Express24 qo‘llab-quvvatlash xizmati bosh tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab bersangiz

Bizning bosh qoidamiz – mijozlarning barcha savol va muammolariga operativ va eng maqbul yechim topish. Shu sababli biz birinchi navbatda mijozlar muammolarini hal qilamiz va undan keyingina reglament bo‘yicha boshqa vazifalarga kirishamiz: noxush vaziyat sababchisi kimligini aniqlashtiramiz, ma’lumotlarni mas’ul bo‘limlarga yetkazamiz va h.k.

Bizning eng muhim farqli jihatimiz, mening fikrimcha, bizda mijozlarga yordam berishga hamda ularning savollariga to‘liq va batafsil javob berishga intiluvchi jonli odamlarning ishlashidir. Bizning barcha xodimlarimiz xushmuomala va oqko‘ngil, ular har bir mijoz bilan til topishishga harakat qiladilar va bu bizga noxush vaziyatlarni ko‘p hollarda ijobiy hal qilishga yordam beradi.

Express24 ilovsini yuklab olish

Sayt: express24.uz

Instagram: @express24uz

Telegram: @express24_uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: