2023 yil ayrim o‘simliklar kech changlandi. Bu nimaga ta’sir qiladi?

O‘zbekiston 16:51 / 31.03.2023 5917

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi 2021-2022 yil va 2022-2023 yillarning qish faslida havoda uchragan allergen o‘simliklar changlarining solishtirma tahlilini Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2022 yil dekabr oyida o‘simliklarning chang miqdori havoda oz miqdorda uchragan, yanvar oyida esa ortgan va fevral oyiga kelib keskin ko‘tarilib ketgan. 2022 yil qish issiqroq bo‘lgani uchun o‘simliklar chang hosil qilishni ertaroq boshlagan. 2023 yil esa teskari holat kuzatilgan. Yanvarda anomal sovuq o‘simliklarning uyg‘onish vaqtiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Natijada yanvar oyida chang hosil qilishni boshlashi kerak bo‘lgan o‘simliklar fevral oyining oxiriga kelib changlangan.

Markazning Aerobiologiya bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shodmonovning ma’lumot berishicha, 2 yilni qiyoslaganda sarv o‘simligi 2022 yilda yanvardan boshlab – ertaroq chang hosil qilgan. 2023 yilda esa anomal sovuq sababli uning changlanishi biroz kechikkan. Yoki buning aksi. O‘rmon yong‘og‘i, shumtol, tol va qayrag‘och kabilar o‘tgan yil qishda changlashni boshlamagan bo‘lsa, 2023 yilda fevraldagi issiq sabab vaqtliroq changlangan.

Natijada ularning changlanishi bir davrga to‘g‘ri keldi. Bu ikki jarayon fevral oyida havoda allergen changlarning ko‘payishiga olib kelgan”, – deb tushuntiradi markaz Aerobiologiya bo‘limi laboranti Muyassar Otajonova. 

Ma’lumot uchun, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi 2019 yildan beri havodagi allergen o‘simliklar changlari miqdorini doimiy ravishda tahlil qilib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: