Zaporijjya AESdagi harbiylar va Chasiv Yardagi hayot. Urush suratlari

Jahon 15:11 / 30.03.2023 15207

Ukrainada urushning 399-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina bahorda qarshi hujum boshlamoqchi — bu katta ehtimol bilan, aprel-may oylarida ro‘y beradi, deb ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Estoniyaning ERR teleradiokompaniyasi efirida.
  • Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti tahlilchilariga ko‘ra, «Vagner» XHK yollanma jangchilari Baxmutdagi AZOM metallarni qayta ishlash zavodini egallagan va endilikda shahar hududining uchdan ikki qismini nazorat qilmoqda. XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut uchun jang «Ukraina armiyasini amalda yakson etgani va afsuski Vagner XHKni ham yaxshigina to‘zitgani»ni ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning tasdiqlashicha, AQSh Rossiya armiyasi yo‘qotishlarini yaralanganlar va halok bo‘lganlar qo‘shib hisoblanganda taxminan 220 ming kishiga baholamoqda.
  • Dmitriy Peskov Ukrainaga keng miqyosli bosqinni — «bizning mamlakatga qarshi boshlangan gibrid urush» deb atadi va bu urush «uzoq davom etishi»ni aytdi. Bunga javoban Zelenskiyning ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak «urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash mumkinligini» aytdi — «agar Rossiya bosib olingan yerlarni zudlik bilan tark etsa».

Okkupatsiya ostidagi Zaporijjya AES

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi 29 mart kuni stansiya okkupatsiya ostidagi regionning Moskva tomonidan tayinlangan rahbariyati tomonidan qanday saqlanayotganini tekshirish maqsadida Zaporijjya AESga tashrif buyurdi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, Grossi stansiyadagi vaziyat yaxshilanmaganini ma’lum qilgan — hamon uning hududi atrofida harbiy harakatlar davom etmoqda, shu tufayli Yevropadagi eng yirik AESda avariya ro‘y berishi tahdidi saqlanib qolmoqda.

Zaporijjya AES 2022 yil sentabridan buyon elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi — faqat reaktorlarni sovitish uchun zarur bo‘lgan tizimlar ishlaydi. XAEA xodimlari va kuzatuvchilari doim stansiyada bo‘lib turishadi.

Rossiyalik harbiylar Zaporijjya AESni 2022 yil 4 martida egallagan. Shundan buyon stansiya hududiga otryadlar joylashtirilgan — Rossiya tomoniga ko‘ra, Ukraina QK AESga hujum qilishga tayyorlangan. Kiyev buni rad etadi va RF armiyasini AESdan «yadro qalqoni» sifatida foydalanishda, shuningdek stansiyani o‘qqa tutishda (masalan, 2022 yil 19 va 20 noyabr kungi zarbalar, o‘shanda yadro reaktorlariga juda yaqin masofada o‘ndan ortiq portlashlar ro‘y bergan) ayblagan. O‘tgan vaqt davomida Rafael Grossi Ukraina va Rossiya urush sharoitida stansiya muhofazasi bo‘yicha kelishuvga erishishi uchun urinib keladi.

Grossining Zaporijjya AESga tashrifi s’yomkasi rossiyalik harbiylar nazoratida amalga oshirilgan.

Zaporijjya AES hududiga kirish joyini qo‘riqlayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya AES hududidagi sovitish basseyni
Andrey Borodulin / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya AES hududidagi rossiyalik harbiylar zirhli transportyorda
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Ishlatilgan yadroviy yoqilg‘i saqlanadigan sisternalar
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Zaporijjya AES hududi
Andrey Borodulin / AFP / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi hayot

Chasiv Yar — Donetsk oblastining Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan shahridir. Baxmutdagi Ukraina qo‘shini ta’minoti olib boriladigan asosiy yo‘l Chasiv Yar orqali o‘tadi — shu tufayli Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib keladi. Shunga qaramay, bu yerda tinch aholi vakillari qolishi davom etmoqda. Quyida harbiy harakatlar hududiga yaqin masofada og‘ir sharoitlarda yashayotgan aholi hayoti aks etgan suratlar.

Chasiv Yar aholisi insonparvarlik yordami va ichimlik suvi uchun navbatda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / Vida Press
80 yoshli Lyudmila o‘z oshxonasida. U yashaydigan ko‘p kvartirali uy otishmalar vaqtida shikastlangan — bu yerda elektr, suv va gaz yo‘q
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda yashovchi ayol insonparvarlik yordami solingan paketlar bilan
Ignacio Marin / Anadolu Agency / Vida Press
Chasiv Yarda yashovchi ayol doimiy elektr uzilishlari tufayli tashkil etilgan markazda telefonini quvvatlantirmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / Vida Press

Kramatorsk vokzalidagi ukrainalik jangchilar va ularning yaqinlari 

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: