Rossiyada The Wall Street Journal muxbiriga josuslik bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Jahon 13:41 / 30.03.2023 3468

«FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovich Rossiyada harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyatiga oid davlat siri toifasiga kiruvchi ma’lumotlarni to‘plagan.

Amerikaning The Wall Street Journal nashri muxbiri Evan Gershkovichga qarshi Rossiya «FSB» josuslik bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda 30 mart, payshanba kuni rus tilidagi OAV va Telegram-kanallar xabar beryapti.

Qayd etilishicha, jurnalist Yekaterinburgda qo‘lga olingan, u ushbu shaharga «Vagner» XHK haqida maqola yozish uchun kelgan. 

«Aniqlanishicha, Evan Gershkovich Amerika tomonining ko‘rsatmasi bo‘yicha Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyatiga oid davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan. Maxfiy ma’lumotlarni olishga urinayotganda, chet ellik fuqaro Yekaterinburgda qo‘lga olindi», — deya «FSB» Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabaridan iqtibos keltirgan Rossiyaning TASS axborot agentligi. 

DW’ning The Wall Street Journal tahririyatiga vaziyat haqida izoh berish so‘rovi bo‘yicha xabar e’lon qilingan vaqtga qadar hech qanday javob olinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: