Hududlarda «Mehrli maktab» filiallari tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:02 / 30.03.2023 2750

“Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi hukumat qarori bilan tashkil etilgan. 

Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023-2028 yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.

Filiallarning asosiy maqsadi davolanishda bo‘lgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: