Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Farzandlarim kelajagini o‘ylab ham referendumda qatnashaman” – samarqandlik taniqli tadbirkor Xurshid To‘rayev
Jomboy tumanidagi “Uz Truck and Bus Motors” zavodida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda avtomobilsozlik sanoati xodimlari, tadbirkorlar, harbiylar, sportchilar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan jamoat faollari xalqimizni 2023 yil 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan taniqli tadbirkor Xurshid To‘rayev faoliyatini 23 kishidan boshlab to‘qqiz yil ichida uch ming nafarga yetkazgani haqida gapirdi.
– 2014 yilda sellofan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganimda, xodimlarimiz 23 nafarni tashkil etardi. Imkoniyatlardan foydalanib, qurilish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Xorijiy investorlarni jalb qildik. Mamlakatimizning turli hududlarida yangi binolar quryapmiz. Yurtimiz ravnaqi, tadbirkorlik rivoji, ishchi xodimlar va farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan holda 3 ming kishilik jamoamiz va oila a’zolarim bilan birga referendumda faol ishtirok etamiz.
Targ‘ibot tadbirida shuningdek, sport, madaniyat, iqtisodiyot yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan insonlar o‘z qarashlari, yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida gapirdilar. Konstitutsiya aholining barcha qatlamiga birdek tegishli bo‘lib, bir qator bo‘shliqlar to‘ldirilayotganiga misollar keltirildi.
Yoshlar turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan insonlar bilan suhbatlashdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert ham o‘tkazildi.
Shu mazmundagi uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari viloyatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi

15:38 / 10.04.2023
“San’atkor uchun “zapret” degan mudhish tushuncha bor edi” - Ozoda Nursaidova

13:04 / 10.04.2023