The Guardian: Peskov rossiyalik mulozimlarga Ukrainadagi urush uzoq davom etishini aytgan

Jahon 19:20 / 29.03.2023 8131

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya madaniy va siyosiy elitasini Rossiya Ukrainada boshlagan urush hali uzoq cho‘zilishi haqida ogohlantirgan.

Bu haqda The Guardian gazetasi Vladimir Putin Rossiyani Ukrainaga bosqin davom etishi fonida G‘arb bilan «adoqsiz urush»ga qanday tayyorlayotgani mavzusiga bag‘ishlangan maqolasida yozadi.

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Kreml vakili 2022 yil dekabr oyi oxirida rossiyalik yuqori martabali amaldorlardan birining kvartirasida bo‘lib o‘tgan kechki ovqat mahalida shunday ogohlantirish bilan chiqqan.

«Taxminimcha, siz men nimadir deyishimni kutyapsiz. Barchasi ancha qiyinlashadi. Bu juda, juda uzoq vaqtga», — degan Peskov yig‘ilganlar qarshisida qadah so‘zi o‘rnida. The Guardian suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, bu tinchlik va normal hayot tarziga qaytishga umid bildirib qadah so‘zi aytgan boshqa mehmonlarning so‘zlari kontekstida aytilgan.

Gazetaning yozishicha, Peskovning qadah so‘zlari o‘zaro suhbatlarda urushga qarshi chiquvchi mehmonlarning kayfiyatini buzgan. «Uning nutqini eshitish yoqimsiz edi. U urush uzoq vaqtgacha biz bilan qolishi va biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerakligidan ogohlantirayotgani aniq edi», — deya fikrlarini The Guardian bilan bo‘lishgan o‘sha kechada hozir bo‘lganlardan biri.

Peskov Britaniya gazetasi maqolasiga hozircha munosabat bildirmadi.

Ko‘proq yangiliklar: