Statistik idora ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning bir nafar fuqarosiga nisbatan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni tashkil qilyapti.
Germaniya Federativ Respublikasining davlat qarzi rekord darajaga yetdi. 2022 yil oxirida federal, yer va munitsipal budjetlar, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarining qarzi birgalikda qariyb 237 milliard yevroni tashkil etdi, deb xabar berdi 29 mart, chorshanba kuni Visbaden Federal statistika boshqarmasi so‘nggi yil uchun dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilib. Bu 2021 yilgi qarzdan 2 foizga ko‘pdir.
Germaniyaning har bir fuqarosiga to‘g‘ri keladigan davlat qarzining umumiy miqdori 28 155 yevroni tashkil etyapti, deyiladi idora xabarida. Bir yil oldin u 27 922 yevroga teng edi.
Federal qarz 2021 yilga nisbatan 4,6 foizga oshdi. Bu, birinchi navbatda, energiya inqirozi va COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq holda moliyalashtirishni ko‘paytirish zarurati tufayli sodir bo‘ldi, deydi statistika xodimlari.
Hududiy yerlar darajasida qarz 5 foizga kamaydi. Ijobiy dinamikani Saksoniya-Anhaltdan tashqari deyarli barcha federal yerlar ko‘rsatdi. Munitsipal budjetlarning qarzlari o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga oshdi.