Fransiya Ukraina uchun 155 millimetrli snaryadlar sonini ikki barobarga oshiradi

Jahon 10:32 / 29.03.2023 3141

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sish mart oyining oxiridan boshlanadi. Bunday snaryadlar nemis PzH 2000 o‘ziyurar artilleriya moslamalari (O‘AM) va fransuz CAESAR O‘AMda foydalanish uchun mos tushadi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin 12 oy ichida bir yildan ortiq vaqt davomida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga bir million yangi artilleriya snaryadlarini yetkazib berish niyatida. Bu haqda 20 mart kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan bir necha diplomatlarga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

O‘z navbatida, AFP o‘z manbalariga tayanib, Yevroittifoq kengashi yig‘ilishida Ukraina uchun 2 milliard yevroga o‘q-dorilar sotib olish rejasi kelishilganini yozdi. Agentlikning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari snaryadlarni birgalikda yetkazib berish bo‘yicha prinsipial ravishda kelishib oldilar. 

Yevropa Ittifoqining maqsadi bu yil Ukrainaga 1 million 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini yuborish. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeIga a’zo davlatlarni o‘z zaxiralaridan snaryadlar bilan ta’minlashga undash uchun 1 milliard yevro ajratish taklifi ma’qullanishiga erishmoqchi. Yana 1 milliard yevro yangi buyurtmalarni tezlashtirish va davlatlarni Yevropa mudofaa agentligi orqali yoki kichik guruhlarda xaridlar bo‘yicha birgalikda ishlashga undash uchun ishlatiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: