Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Turkiy investitsiya fondi tashkil etilishini ma’qulladi

Foto: Reuters
Turkiy investitsiya fondi Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ishtirokida shakllantiriladi. U Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzoladi. Bu haqda 28 mart, seshanba kuni Zakon.kz portali xabar berdi.
Fond Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ishtirokida shakllantiriladi. Uni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2021 yil 12 noyabrda Istanbulda qabul qilingan.
Tashabbus Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) a’zolarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.
Fondning kapitali TDT har bir a’zosi uchun 2000 tadan 10 000 tagacha boshlang‘ich aksiyani tashkil qiladi. Har bir davlat uchun to‘lanadigan aksiyalarning narxi 70 million dollar (64,73 million yevro)ga teng bo‘ladi.
Tashkilot rahbari boshqaruv kengashi tomonidan rotatsiya asosida to‘rt yil muddatga tayinlanadi. Qayta tayinlash bundan mustasno. Fond rahbari o‘z faoliyatini faqat boshqaruv kengashi qarori bilan tugatishi mumkin.
Fondning birinchi rahbari TDT davlat rahbarlari kengashi tomonidan to‘rt yilga tasdiqlanadi.
Tashabbus mintaqalararo savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish, transport-logistika zanjirlarini qo‘llab-quvvatlash, «yashil iqtisodiyot» loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Farmon imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil boshida hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar ortidan modernizatsiya jarayonini boshladi.
Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqin boshlanganidan keyin bir necha bor Qozog‘iston neftining Novorossiysk terminali orqali Yevropa Ittifoqiga eksportini to‘sib qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

23:24 / 17.06.2025
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

10:10 / 09.06.2025
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini almashtirdi

16:38 / 31.05.2025