Qirg‘izistondan 13 bosh olmaxonni olib chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi 

Jamiyat 22:30 / 28.03.2023 15915

27 mart kuni Qirg‘izistonning «Do‘stuk-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti chegarachilari olmaxonlarni noqonuniy olib o‘tayotgan shaxsni to‘xtatib qolishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib Kaktus.media xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, chegara nazorati vaqtida otryad Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 13 bosh olmaxonni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shuaxsni ushlagan. U 1979 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. 

Olmaxonlar qafasga solinib, uchta ryukzakka joylangan va shaxsiy narsalar bilan yopib qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarosida ularni olib chiqish uchun ruxsatnoma bo‘lmagan. 

«Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, fuqaro va unda aniqlangan kemiruvchilar qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli idora xodimlariga topshirildi», deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: