Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Der Spiegel: Berlin Kiyevga yordamni 15 milliard yevrogacha oshiradi
Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishi mumkin - uch mlrd yevrodan 15 milliard yevrogacha. Germaniya moliya vazirligi Bundestagdan kelgusi yillar uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni so‘radi, deb yozadi Der Spiegel.

Foto: AP
Germaniya Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishi mumkin — hozirgi uch mlrd yevrodan 15 milliard yevrogacha, deb yozadi Der Spiegel haftalik nashri Germaniya Moliya vazirligining 27 mart, dushanba kuni Bundestagga yo‘llagan maxfiy xatiga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya moliya vazirining parlament davlat kotibi Florian Tonkar Bundestag budjet qo‘mitasiga elektron xat orqali Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratiladigan budjet moddalarini moliyalashtirishni ko‘paytirish so‘rovini shakllantirgan. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda «xavfsizlik, mudofaa va barqarorlikni ta’minlash sohasida hamkor davlatlarni modernizatsiya qilish» uchun rejalashtirilgan 2,2 milliard yevro miqdorini 5,4 milliard yevroga oshirish kerak.
Bundan tashqari, Der Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin yillarda yana 8,8 milliard yevro «majburiyatlar uchun ajratmalar»ga yo‘naltirilishi kerak. Shunday qilib, Germaniya Mudofaa vazirligi ushbu miqdor doirasida shartnomalar tuzishi mumkin bo‘ladi. Ayni damda Germaniya budjetida ushbu xarajatlar moddasi uchun 1 milliard yevro ko‘zda tutilgan, deb yozadi nashr.
Der Spiegel nashri Tonkarning maxfiy maktubidan qo‘shimcha mablag‘lar zarurligini asoslovchi ko‘chirmalarni keltirib o‘tdi: «Ukraina qurolli kuchlarining moddiy yo‘qotishlari ko‘p bo‘lgani sababli, yangi materiallar zaxiralari zarur». «Ukraina qurolli kuchlarini ularning ehtiyojlariga mos ravishda barqaror jihozlash uchun zudlik bilan ko‘plab xarid shartnomalarini tuzish kerak, bu esa kelgusi budjet yillari uchun to‘lov majburiyatlarini ham oqlaydi», deyiladi hujjatda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:17 / 28.06.2025
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi

13:00 / 17.06.2025
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

08:58 / 17.06.2025