Germaniya va’da qilgan Leopard 2 tanklari Ukrainaga yetib bordi – OAV  

Jahon 22:59 / 27.03.2023 12433

Germaniya hukumati uzoq muhokamalardan so‘ng Kiyevga topshirishga qaror qilgan Leopard 2 tanklari Ukrainaga yetkazildi. Bu haqda Der Spiegel yozdi. Nashrning ta’kidlashicha, gap 18 ta tank haqida ketmoqda. 

Germaniya nafaqat Leopard 2 tanklarini yetkazib berishga rozi bo‘ldi, balki boshqa mamlakatlarga ham Ukrainaga bunday tanklarni topshirishga ruxsat bergan edi. Xususan, Polsha ham o‘zining Leopard 2 tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi. 24 fevral kuni Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak 4 ta tank Ukrainaga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetishmovchiligi sababli hozircha qarshi hujumga o‘ta olmasligini aytgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: