1 apreldan pensionerlar metrodan bepul foydalanishda guvohnomasini metro xodimiga taqdim etishi lozim bo‘ladi

O‘zbekiston 18:32 / 27.03.2023 7968

«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, buning uchun pensiya oluvchi yo‘lovchilar metro xizmatidan foydalanish vaqtlarida shaxsiy pensionerlik guvohnomasini metro xodimiga taqdim etishi lozim.

«Metro xizmatidan foydalanish vaqtida o‘zingiz bilan pensionerlik guvohnomangizni olishni unutmang», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda prezidentning 15 mart kuni tegishli qarori qabul qilindi.

Toshkent metropolitenining mazkur xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.

2017 yilning mart oyi boshidan Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00 dan soat 16:00 gacha bepul bo‘lgan. Yangilik 15 martdan joriy etilgandi.

Metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini ko‘rsatgan yo‘lovchilarga maxsus (bepul), rangi qizil jyeton berilgan va ular alohida ajratilgan turniketdan o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: