Zelenskiy: Ukraina Qurolli kuchlari hozircha qarshi hujumga o‘ta olmaydi

Jahon 16:26 / 25.03.2023 9672

«Biz hamkorlarimizdan o‘q-dorilar kelishini kutmoqdamiz. Hozircha boshlay olmaymiz», - dedi davlat rahbari va mamlakat sharqida vaziyat og‘irligicha qolayotganini qo‘shimcha qildi - Rossiya kuchlari har kuni Ukraina Qurolli kuchlaridan uch barobar ko‘p o‘q-dori ishlatyapti.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina ittifoqchilardan qo‘shimcha yordamga, jumladan, o‘q-dorilar va qiruvchi samolyotlarga muhtojligini ta’kidladi. 

Bundan oldin Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya axborot maydonida nufuzli shaxslarning Ukrainaning ehtimoliy qarshi hujumi haqidagi bayonotlari tobora ko‘proq yangrayotganini ma’lum qilgandi.

24 mart kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Kiyevning hujum operatsiyalariga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. «Bizning bosh shtabimiz buni hisobga olib, qarorlarini tayyorlamoqda», dedi u davlat matbuotiga bergan intervyusida. 

Bir kun oldin, 23 mart kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi egasi Yevgeniy Prigojin Ukrainaning keng ko‘lamli qarshi hujumi rejalari haqida gapirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: