9 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar: Payme yetti yoshda

O‘zbekiston 18:55 / 25.03.2023 11168

Payme tashkil etilganidan to shu kunga qadar o‘z foydalanuvchilarga turli holatlarda qulay va xavfsiz yechimlar taklif qilib kelmoqda. Ushbu ilova mobil aloqa va internet uchun to‘lovdan tortib kreditlarni to‘lash, avia va poyezd chiptalarini xarid qilish, o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirish va boshqa ko‘plab xizmatlarni taqdim etadi.

Payme ilovasi 2016 yil 25 martda ishga tushirilgan. Bugungi kunda Payme bu  ilovaning o‘zidagi 4 600 dan ortiq xizmatlar, tizimga ulangan 73 600 ta hamkor va ushbu xizmatdan doimiy ravishda foydalanadigan millionlab foydalanuvchilardir. Quyida ushbu ilova bilan bog‘liq so‘nggi yillardagi muhim voqealar:

1. Payme Mahalla virtual maydonining ochilishi - bu yerda har bir foydalanuvchi atrofdagi hayotni biroz yaxshilash uchun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga hissa qo‘shishi mumkin. Olis viloyatlardagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash bo‘yicha ikkita topshiriq bajarildi: Qoraqalpog‘iston va Namangan viloyati.

2. O‘zbekistonda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash loyihasini ishga tushirish. Payme ayol-tadbirkorlarga o‘z media-resurslari orqali o‘z bizneslarini ilgari surish imkoniyatini sovg‘a qildi, shuningdek, ular uchun growth.payme.uz platformasini ishga tushirdi.

3. Payme People — kompaniyaning sodiqlik dasturini amalga oshirish. Unda har bir tranzaksiya uchun ballarni to‘plash va ularni vitrinadagi hamkorlarning vaucherlar, chegirmalar va promo-kodlariga almashtirish, shuningdek, ularni Payme Mahalla loyihasiga xayriya qilish mumkin.

Shuningdek, 2022 yil aprel oyida kompaniya Britaniyaning The Global Economics moliyaviy nashri tomonidan «O‘zbekistonda 2022 yilning eng yaxshi raqamli to‘lov xizmatlari provayderi» deb e’tirof etildi. Mukofot boshqa insonlar hayotini yengillashtirmoqchi bo‘lgan va foydalanuvchilar uchun qulay xizmat yaratishga intilayotgan katta professionallar jamoasining mashaqqatli va jiddiy e’tibor bilan qilingan mehnatining yaqqol ko‘rsatkichidir.

Kompaniyaning yetti yilligi sanasiga yaqinroq Payme ilovasida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 9 milliondan oshdi. Bu xizmatni yaratuvchi va rivojlantiruvchilar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.

«Foydalanuvchilarimiz biz uchun eng yaxshi sovg‘adir. Biz bilan bo‘lganingiz uchun tashakkur. Biz foydalanuvchilarimizga qulay, ishonchli va barqaror xizmat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ishlashda davom etamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Loyiha yangiliklarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib borish mumkin.

Reklama

 
Ko‘proq yangiliklar: