“Medallar taqishni orzu qilgandim, ammo ularning o‘rniga kishan taqishdi” - surxondaryolik ekolog olima
Surxondaryo viloyatida “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda tadbirkorlar, shifokorlar va turli soha vakillari o‘z hikoyalari bilan yig‘ilganlar oldida chiqish qildi. Xususan, Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ro‘zigul Safarova shunday dedi:
“9 yil davomida tabiatni asrash uchun kunni tunga ulab, issiq-sovuq demay ishladim. O‘sha vaqtlarda ko‘kragimga medallar taqishni orzu qilgandim, ammo ularning o‘rniga qo‘limga kishan taqildi. 3 yil-u 4 oy deganda ota-onam, farzandlarim bag‘riga qaytib keldim.
Qamalgan, sudlangan degan tamg‘a peshonamda bo‘lsa ham oqlanib, yana o‘zimning sevgan kasbimda qayta ishlashimni kim o‘ylabdi deysiz. Buni kimdir tushida ko‘rsa ham ishonmaydi. Shunday sharoitlarga erishishimga sabab nima? Yangi O‘zbekistonda yangi hayotning bo‘lishi”.
Qayd etish joiz, Ro‘zigul Safarova tabiat muhofazasi tizimida viloyat miqyosidagi yagona rahbar ayol hisoblanadi. Avvalroq Kun.uz u bilan intervyu tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bunday targ‘ibot tadbirlarining Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

11:50 / 10.02.2025
Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi

10:51 / 10.02.2025