Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar jamoasiga avtomobillar sovg‘a qilinadi

Sport 10:24 / 20.03.2023 31767

Tribuna.uz sayti manbalariga ko‘ra, bugun, 20 mart kuni «Bunyodkor» stadioniga «Gentra Lacetti» rusumli yangi avtomashinalar keltirilgan. Avtomobillar Prezident sovg‘asi sifatida Osiyo chempionlariga topshirilishi kutilmoqda.

Tadbir bugun, 20 mart dushanba kuni «Bunyodkor» o‘yingohida rasmiylar, OAV va muxlislar ishtirokida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo kubogi U20 finalida Iroq yoshlar jamoasini mag‘lub (1:0) etib, qit’a chempioniga aylandi. JCh-2023ga yo‘llanma olgan yoshlar jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun finalga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh sovrinni topshirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: