Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi

Jamiyat 08:28 / 19.03.2023 20536

Bosh prokuratura huzuridagi departament Payariq tumani va Marg‘ilon shahrida yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. va boshqalar Payariq tumanidagi «O‘.B.» fermer xo‘jaligining 0,70 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tekshiruvda «I.F.» AJ buyum bozori nazoratchisi A.Sh. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga ushbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 25 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarni to‘liq qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: