Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida topshiriladi
O‘zbekiston prezidenti «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mahallaning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi aloqadorligini yanada kuchaytirish, xususan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli beshligining o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyati yo‘lga qo‘yilib, joylardagi muammolarni mahallaning o‘zida aniqlab, ularni kompleks yondashuv asosida hal etish amaliyoti joriy etildi.
Davlat rahbarining mazkur qarorida ushbu vazifalarni yanada jadallashtirish va mahalla xodimlarini rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish nazarda tutilgan.
Qaror bilan O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini topshirish vaqti 1 sentabr - Mustaqillik kuni arafasidan 22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasiga ko‘chirildi.
Ko‘krak nishonini munosib nomzodlarga topshirish vazifasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi zimmasiga yuklandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
-
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda
Jahon | 08:58
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

19:20 / 25.04.2025