Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada hukumatga ishonchsizlik rezolyutsiyalari taqdim etildi
Siyosiy inqiroz vazirlar mahkamasining pensiya islohotini parlamentda ovoz berishsiz qabul qilishga urinishi tufayli yuzaga kelgan. Agar deputatlarning ko‘pchiligi ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatlasa, hukumat iste’foga chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters
Fransiyada munozarali pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish bo‘yicha mojaro davomida muxolifat 17 mart, juma kuni hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi ikkita rezolyutsiyani kiritdi. Bitta rezolyutsiya mustaqil deputatlar guruhi va chetdagi hududlar vakillari (LIOT), ikkinchisi esa - o‘ta o‘ng «Milliy birlashuv» partiyasi (RN) tomonidan taqdim etilgan. «Rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish inqirozdan chiqish yo‘lini ochadi», dedi LIOT rahbari Bertran Panshe.
Fransiya hukumati bir kun avval konstitutsiya moddasidan foydalanib, pensiya islohotini amalga oshirishga yo‘l ochdi. Unga ko‘ra, hukumatga ishonchsizlik votumi berilishi ehtimoli yuzaga keladi. Milliy yig‘ilishdagi ovoz berish jarayoni 20 mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Agar deputatlarning ko‘pchiligi ishonchsizlik uchun ovoz bersa, u holda pensiya islohoti rad etiladi va hukumat iste’foga chiqishi kerak bo‘ladi. Shunda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi bosh vazirni tayinlashi yoki yangi saylovlar o‘tkazishi mumkin. Mutaxassislar ishonchsizlik votumi tarafdorlari ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishiga shubha bilan qaramoqda, chunki konservativ respublikachilar hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonchsizlik votumi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, pensiya islohoti qat’iy qabul qilinadi.
Hukumatning parlamentda ovoz berishsiz pensiya islohotini amalga oshirishga urinishlari muxolifat noroziliklarini yanada kuchaytirdi. 17 mart kuni ertalab namoyishchilar Parij shahar avtobanini, Tuluza va Bordodagi vokzallarni vaqtincha to‘sib qo‘yishdi. Kechqurun Parij markazidagi Birdamlik maydonida katta norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi.
Bir necha yuzlab namoyishchilar politsiyaga shisha va pirotexnika buyumlari otishdi. Politsiya hududni tozalash uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. 60 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Lion, Strasburg va Lillda ham yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ushlanganlarning umumiy soni 310 kishiga yetdi.
CGT kasaba uyushmasi Normandiyadagi neftni qayta ishlash zavodida ish tashlash e’lon qildi. Namoyishchilar shu paytgacha faqat bunday zavodlarni to‘sib qo‘ygan, biroq ular ishlashda davom etgan. Ayni paytda Parijda kommunal xizmatchilarning ish tashlashi sababli chiqindilar to‘planib qolgan. Shaharda kuchli badbo‘y hid bor. Shahar hokimligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yig‘ilmagan chiqindilar hajmi o‘n ming tonnaga yetgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 21:17
-
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos
Jahon | 21:05
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34
Mavzuga oid

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

11:53 / 10.07.2025
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi

13:28 / 09.07.2025
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

13:20 / 09.07.2025