Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalarning ijrosini kim nazorat qiladi?
IMV Davlat budjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedovning aytishicha, g‘olib bo‘lgan loyihalar doirasida bajariladigan ishlarning sifatiga bevosita o‘sha hududlardagi mas’ul tashkilotlar javobgar bo‘ladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu jarayonni to‘liq nazorat qilmaydi.

16 mart kuni AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Tashabbusli budjet” loyihasining amalga oshirilishi va navbatdagi mavsum tahlili yuzasidan ma’lumot berildi.
Anjumanda Kun.uz muxbiri “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalarning ijrosi yuzasidan jamoatchilikda qator savollar borligini qayd etdi: “Masalan, ichki yo‘llarni ta’mirlashda asfaltlarning o‘ta sifatsizligi bo‘yicha. Ayni paytda Moliya va iqtisodiyot vazirligi ushbu jarayonlarni to‘liq nazorat qila oladimi va bu borada aniq mexanizmlar bormi?”
IMV Davlat budjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedovning ta’kidlashicha, g‘olib bo‘lgan loyihalar doirasida bajariladigan ishlarning sifatiga bevosita o‘sha hududlardagi mas’ul tashkilotlar javobgar bo‘ladi.
“Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va nazorati bo‘yicha ishlar xuddi budjet tartib-tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Masalan, ichki yo‘llarni ta’mirlashdagi ishlarning sifati va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga mas’ul tashkilot javob berishi kerak bo‘ladi. Xususan, hududdagi obodonlashtirish boshqarmalari. Maktablarni ta’mirlash, jihozlash bo‘lsa, bevosita mas’ul tashkilotlar javobgar bo‘ladi.
Nimagaki, ishlarning sifatsiz amalga oshirilayotgani 2021-2022 yillarda ko‘p kuzatildi, bu ham aslida shaffoflik va ochiqlikning natijasi. Masalan, fuqarolarimiz shaxsiy kabinetlariga ishlar to‘liq bajarilmadi yoki sifatsiz bo‘ldi, deb turli xil rasmlar ham yuklashyapti. Biz esa bularni tegishli hududiy tashkilotlarga yuboryapmiz. Ayrimlariga tuman va shahar mas’ullari tomonidan rasmiy munosabatlar ham bildirilyapti.
O‘ylaymanki, bu jarayon asta-sekin o‘z yechimini topadi. Ertaga mas’ullar bu budjet mablag‘i nazoratini hamma ko‘radi, sifatli qilish kerak, deb ishlarini yaxshiroq qilishga harakat qiladi. Biz ochiqlikni, shaffoflikni oshiraversak, bu masalaga ham yechim topamiz”, – dedi Sherzod Muhammedov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

01:06 / 15.07.2025
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

22:42 / 14.07.2025
«Tashabbusli budjet»da 823 ta mahallaga tanaffus berildi

09:59 / 04.07.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025