Rouming – Beeline bilan!

Jamiyat 16:00 / 17.03.2023 17630

Beeline yuqori sifatli ovozli aloqani, shuningdek, yuqori tezlikdagi 4G Internetdan foydalanish imkoniyatini ta’minlab, butun sayohatingiz davomida siz bilan birga bo‘lishga tayyor.

Sayohat qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun Beeline Yevropa, Osiyo va Amerikaning 39 ta davlatida faoliyat yurituvchi maxsus rouming to‘plamlarini taklif etadi. Mijozlarimiz uchun eng mashhur yo‘nalishlar: Turkiya, BAA, Misr, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Xitoy, Fransiya, Germaniya, AQSh.

Siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan har qanday rouming paketini tanlashingiz mumkin, u nafaqat Internetdan foydalanish uchun megabaytlarni, balki qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarni ham o‘z ichiga olgan. To‘plamdagi qoldiqlarni Beeline Uzbekistan ilovasi orqali yoki USSD kodni terish orqali boshqarishingiz mumkin. Rouming-paketlarning asosiy afzalligi – foydalanish qulayligi. Ulanish uchun USSD-kodni terish kifoya va SIM -kartani almashtirmasdan o‘z raqamingizda qolib, aloqadan foydalanishni boshlash kifoya. Barcha paketlar 30 kun davomida amal qiladi.

Bir necha kunlik qisqa sayohat uchun qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarni o‘z ichiga olgan 100 yoki 500 megabaytlik kichik rouming paketlarini ulash mumkin.

Uzoqroq sayohatlar uchun, shuningdek, faol Internet foydalanuvchilari uchun biz 1000 va 2000 megabaytlik rouming paketlarini taklif etamiz, ularda qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar ham mavjud.

Beeline rouming-paketlarini ulang, aloqada bo‘ling va real vaqt rejimida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz, fotosuratlaringiz va videolaringiz bilan bo‘lishing!

Hamyonbop rouming-paketlar, ularning narxlari va mazmuni haqida batafsil ma’lumotni Beeline Uzbekistan saytidan olish mumkin. Saytda siz ham kerakli davlatni tanlashingiz va u yerda amal qiladigan narxlar va takliflar bilan tanishishingiz mumkin. 

Roumingda Beeline siz bilan!


Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: