Beeline Uzbekistan “Beeline Academy” loyihasi uchun “Xayrli ishlar” nominatsiyasida nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi. Akademiya bir yil avval raqamli operator hamda Tashkent International University of Education (TIUE) negizida va hamkorligida ochilgan edi. Beeline Academy — O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari, o‘qituvchilari va boshqa IT mutaxassislariga axborot texnologiyalari hamda kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn treninglardan foydalanishda yordam beradi.
“Beeline Academy” loyihasi Beeline Uzbekistan'ning mamlakatda IT-sohasini rivojlantirishga kiritgan navbatdagi sarmoyasi bo‘ldi. 2024 yilda Toshkent shahridagi turli umumta’lim maktablarining 110 nafar axborot texnologiyalari va professional IT ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari Python dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldi, shuningdek, 3D grafika vositalarini o‘zlashtirdi va Frontend dasturi asoslari bilan tanishdi. Ushbu malaka oshirish kurslarida esa TIUE o‘qituvchilari dars o‘tishdi. Dasturda ishtirok etib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha o‘qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
“Bizning Beeline Academy loyihamiz mentorlar va yosh mutaxassislarga axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlari — dasturlashdan tortib, kiberxavfsizlikkacha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha eng zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishda yordam beradi. Biz, HR hamjamiyati va professional uyushmalar tomonidan iste’dodlarni jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar e’tirof etilganini juda qadrlaymiz”, — deydi Beeline Uzbekistan'ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova.
“Bu biz uchun O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning IT-xabiga aylantirish yo‘lida IT-ta’lim darajasini oshirish va mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan muhim dastur hisoblanadi. Biz, bundan keyin ham ijtimoiy dasturlarimizni rivojlantirib boramiz. Tez orada esa Beeline Academy'dagi malaka oshirish kurslari uchun o‘qituvchilarni saralash bosqichi e’lon qilinadi”, — dedi Beeline Uzbekistan'ning ESG va SCR loyihalari bo‘yicha katta menejeri Shahlo Usmonova.
2023 yilda Beeline Academy ishga tushirilganda, Beeline Uzbekistan IT sohasidagi ta’limni ommalashtirishga va rivojlantirishga qaratilgan ushbu loyiha uchun 150 ming dollar sarmoya kiritgan edi. Universitet bilan hamkorlik esa IT-mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha tizimli platforma yaratish imkonini berdi. TIUE bazasi ikkita zamonaviy kompyuter laboratoriyasi va noyob interaktiv videostudiya bilan jihozlandi. Unda talabalar va o‘qituvchilar virtual video ma’ruzalar olib borishadi, vebinarlar hamda videokonferensiyalar o‘tkazishadi, shuningdek, interaktiv darslar uchun yuqori sifatli video kontent tayyorlashadi. 2023–2024 yillarda Beeline Academy'ning 50 nafar tinglovchisi yangi boshlovchilar uchun ham, professional mahoratini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar uchun ham mo‘ljallangan kiberxavfsizlik bo‘yicha kurslarni tamomlashdi.
Avvalroq, aniqrog‘i 2021 yilda Beeline Uzbekistan ish beruvchilar uchun EMBRAS xalqaro mukofotining “Iste’dodlarni rivojlantirish” va “Ochiq muloqot”, 2022 yilda yana bir bor “Ochiq muloqot”, “Xayrli ishlar” hamda “Ish beruvchi imidji” kabi 3 ta nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan edi. 2024 yilda Beeline Uzbekistan Top Employer sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan Markaziy Osiyodagi yagona texnologik kompaniya bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, raqamli operatorning korporativ madaniyati yuqori darajada ekanligidan darak beradi.
Kompaniya haqida
“Unitel” MChJ 2006 yil 12 centyabrdan boshlab “Beeline Uzbekistan” brendi ostida xizmatlar ko‘rsatib keladi. Beeline Uzbekistan— bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.
VEON — dunyoning jadal rivojlanayotgan oltita davlatida 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega telekommunikatsiya va internet xizmatlarining global provayderi hisoblanadi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan VEON shu davrgacha mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. “Unitel” MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri. Kompaniya O‘zbekistonda Beeline SB faoliyati ostida xizmat ko‘rsatib 2 milliard dollarga yaqin soliqlar to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama