Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: kofein semizlik va diabet xavfini kamaytirishi mumkin
Taxminan 10 ming ko‘ngillida o‘tkazilgan kuzatuvlar shunday natijalarga olib kelgan.

Foto: Getty Images
Qonda kofeinning yuqori darajasi semirish bilan 2-toifa diabet xavfini kamaytirishi mumkin. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni Shvetsiya va Angliya olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalari ko‘rsatdi.
Olimlar dastlab qahva iste’mol qilish va diabet xavfini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Ammo bunday tadqiqotlar asosan kuzatish ma’lumotlariga asoslangan edi, shuning uchun ular sabab va ta’sir haqida emas, balki faqat faktlarning o‘zaro bog‘liqligi haqida gapirishi mumkin edi.
Mendeleyev randomizatsiyasi usuli yordamida yangi ma’lumotlar olindi. Aniqlanishicha, kofein metabolizmi sekinroq kechadigan odamlar boshqalarga qaraganda qahvani kamroq iste’mol qilsa ham, qonda kofein miqdori yuqori bo‘ladi. Bunday odamlarda tana massasi indeksi va tana yog‘i miqdori yuqori bo‘lmaydi, 2-toifa diabetga ega bo‘lish ehtimoli ham kamroq. Taxminan 10 ming ko‘ngillida o‘tkazilgan kuzatuvlar shunday natijalarga olib kelgan.
Olimlar shuningdek, vazni past bo‘lgan odamlarda qandli diabetga chalinish ehtimoli 43 foizga kam bo‘lishini hisoblab chiqdi. Ammo bu genetik variantlar va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlab bo‘lmadi.
Mualliflar ushbu tadqiqotda cheklovlar borligini tan olishadi. Xususan, barcha ishtirokchilar yevropalik edi, shuning uchun natijalar, masalan, osiyolik odamlar uchun farq qilishi mumkin. Shuni ham hisobga olish kerakki, Mendeleyev randomizatsiyasi boshqa turdagi tadqiqotlarga qaraganda yaxshiroq bo‘lsada, mukammal emas. Bundan tashqari, xuddi shu turdagi tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ular kofeinni iste’mol qilish va diabet xavfini kamaytirish o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni aniqlamagan.
Ammo tadqiqot natijalarini butunlay rad etmaslik kerak. Inson tanasida qahva ichish qandli diabet va semirib ketish xavfini qanday kamaytirishi mumkinligini aniq ko‘rsatadigan mexanizmlar mavjud. Xususan, kofein ishtahaga qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi va shuningdek, tana yog‘larini eritish va energiya chiqarish qobiliyatini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

03:06 / 26.03.2025
Olimlar saraton va diabetni davolashda gen terapiyasining asosiy to‘sig‘ini bartaraf etdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

13:51 / 06.01.2025