Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada olti nafar rossiyalik josus qo‘lga olindi
Qo‘lga olinganlar Polshada qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlashda gumon qilinmoqda. Ular temiryo‘llarda va Ukrainaga qurol yetkazib berishda foydalaniladigan aeroport hududida yashirin kameralar o‘rnatgan.

Foto: Reuters
Polshada Ichki xavfsizlik agentligi xodimlari olti kishini Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib qo‘lga oldi, deb xabar berdi Polshaning RMF FM radiostansiyasi 15 mart, chorshanba kuni. Hibsga olinganlar haqidagi ma’lumot keyinchalik Polsha hukumati vakillari tomonidan tasdiqlandi.
Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning barchasi «sharqiy chegaradan kelgan xorijliklar» bo‘lib, Rossiya maxsus xizmatlarida ishlagan. Muhim temiryo‘l kesishmalarida poyezdlar harakatini yozib olgan va ma’lumotlarni internetga uzatgan yashirin kameralar aniqlangach, gumondorlar qo‘lga olindi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, gap o‘nlab shunday kameralar haqida ketmoqda. Ular asosan Podkarpak voyevodeligidagi temiryo‘llarda va Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berishda faol foydalaniladigan Jyeshuv-Yasenka aeroporti hududida o‘rnatilgan.
Britaniyaning VVS media-kompaniyasining rus xizmatiga ko‘ra, ushbu aeroport shu qadar muhim sanaladiki, AQSh armiyasi uni himoya qilish uchun Patriot havo mudofaa moslamalarini joylashtirgan. Aynan shu aeroportga AQSh prezidenti Jo Bayden uchib keldi, keyin u Kiyevga tashrif buyurdi.
Polsha harbiy kontrrazvedka xizmati (SKW) sobiq rahbari o‘rinbosari, polkovnik Matsey Matisyakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari kameralardan asosan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilgani haqida ma’lumot yig‘ish uchun foydalangan. Shu bilan birga, u ruslar qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan qo‘poruvchilik uyushtirish uchun foydalanishi mumkinligini istisno etmadi.
«Ushbu ma’lumotlardan qarshi choralar, jumladan, qo‘poruvchilik, sabotaj, yo‘q qilish kabi choralarni ko‘rish uchun foydalanish mumkin. Ruslar buni qilgan, qilyapti va qiladi. Biz hammamiz Chexiyadagi o‘q-dorilar zavodiga hujumni ko‘rdik», - deya tushuntirdi Matisyak.
Dekabr oyi oxirida Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal o‘z razvedka xizmati safida rossiyalik josus fosh etilganini e’lon qildi. Yanvar oyi oxirida ushbu rossiyalikning sherigi hibsga olingani haqida ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, yanvar oyida Stokholm sudi ikki Shvetsiya fuqarosini Rossiya foydasiga josuslikda aybdor deb topib, ulardan birini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

09:48 / 03.07.2025