Polsha Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshiradi

Jahon 18:05 / 16.03.2023 7447

Polsha yaqin kunlarda Ukrainaga to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini topshiradi, deya xabar berdi prezident Anjyey Duda. 

Kelajakda Varshava Kiyevga va’da qilingan qolgan 12 ta qiruvchi samolyotni ham beradi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga mamlakat harbiy-havo kuchlarida foydalanishda bo‘lgan bir qancha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi ekanini aytgandi.
 
«Biz bu qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyormiz va ishonchim komilki, Ukraina ulardan darhol foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», — deya uning so‘zlari ingliz tiliga tarjima qilingan. 

Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad Facebook’da Ukrainaga MiG qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti kelganini yozgan edi. Idora boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Polsha bu yo‘nalishda birgalikdagi harakatlarga tayyorligini bildirgan. 

«Menimcha, qaror qabul qilish vaqti keldi», dedi Nad. «Ukrainada odamlar o‘lmoqda, biz ularga haqiqatan ham yordam bera olamiz», deya qo‘shimcha qildi u hamda siyosatga o‘rin bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: