Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat 09:10 / 14.03.2023 14595

Toshkent shahri Olmazor tumanida 13 mart kuni to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hodisa Ahmad Donish ko‘chasida soat 18:00 da sodir bo‘lgan. Epica, 2 ta Cobalt va Matiz avtomobillari to‘qnashib ketgan.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra:

  • davlat raqam belgisi 01 C 659 ZB bo‘lgan Epica;
  • davlat raqam belgisi 10 Q 544 MA bo‘lgan Cobalt;
  • davlat raqam belgisi 01 E 837 RB bo‘lgan Matiz;
  • davlat raqam belgisi 10 Q 042 BB bo‘lgan Cobalt ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Epica hamda Matiz avtomashinasi haydovchi va yo‘lovchilari tan jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: