Jahon banki O‘zbekistonda ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi uchun 12 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 11:42 / 09.03.2023 25358

Qarz olingan mablag‘lar qayta tiklanadigan, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston 2019 yildan beri Jahon banki guruhining Scaling Solar dasturida ishtirok etib keladi, endilikda loyiha ikkinchi bosqichga o‘tdi.

Moliyalashtirish hajmi 12 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ evaziga Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi. Gap 220 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi loyihalari haqida ketmoqda, ularni amalga oshirish uchun 2021 yil may oyida BAAning Masdar kompaniyasi jalb qilindi.

Investor ular ishlab chiqaradigan energiya uchun eng past tarifni taklif qildi — kVt/soat uchun 1,57 sent. Quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgach, yiliga 1,1 mlrd kVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishga tushirilishi atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 110 ming tonnaga kamaytirishi kutilmoqda (barcha foydalanish davrida 3,4 mln tonna).

Ko‘proq yangiliklar: