Soch to‘kilishini qo‘zg‘atadigan kasalliklar nomi ma’lum qilindi

Jamiyat 01:05 / 07.03.2023 20055

Kuchli stress, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish va bir qator jiddiy kasalliklar soch to‘kilishini qo‘zg‘atishi mumkin. Ularni rossiyalik dermatolog Aleksandra Fileva sanab o‘tdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning 75 foizi va erkaklarning 50 foizi doimiy soch to‘kilishini boshdan kechirmoqda.

90 foiz holatda bu androgenetik alopesiyadan kelib chiqadi, bu kasallik erkak jinsiy gormoni testosteron darajasining oshishi tufayli rivojlanadi.

Kallikni qo‘zg‘atadigan boshqa kasalliklar qatorida surunkali infeksiyalar, shuningdek, qalqonsimon bez va oshqozon-ichak trakti patologiyalari bor.

Odatda odam bir kun 40-100 tola soch yo‘qotadi. Bu ko‘rsatkich me’yor hisoblanadi — aynan shu tarzda sochlar yangilanadi.

Bundan tashqari, ba’zi vitaminlar, xususan, D, PP va B guruhi vitaminlari yetishmasligi oqibatida sochlar so‘nishi, sinishi va tushishi mumkin, deb tushuntirdi dermatolog. Og‘ir temir moddasi tanqisligi ham kallikka olib kelishi mumkin. Umumiy qon tahlili, zardobdagi temir, ferritin va transferrinni o‘rganish tanadagi qimmatli moddalarning yetishmovchiligini aniqlashga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: