Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi

Jamiyat 13:17 / 05.03.2023 18709

«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jurnalist o‘limga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuhrat Dehqonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, turli jamoat tashkilotlarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Muhriddin Xoliqovning bir qancha mashhur qo‘shiqlari, jumladan, «Pariro‘y sanamlar» she’ri muallifi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: