Ispaniya Kubogi. «Barselona» Madriddagi yarimfinalda «Real»ni mag‘lub etdi

Sport 03:01 / 03.03.2023 21424

Ispaniya Kubogida yarimfinalning markaziy juftligida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. 

«El Klasiko»ga Levandovski, Pedri va Dembelesiz kelgan «Barselona» Madridda avtogol evaziga g‘alaba qozondi. Kamavinganing xatosidan so‘ng boshlangan hujumda Militao o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Javob bellashuvi 5 aprel kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi yarimfinalning dastlabki bahsida «Osasuna» o‘z uyida «Atletik»dan minimal hisobda ustun kelgandi.

Ispaniya Kubogi. Yarimfinal
Birinchi o‘yin

Real — Barselona 0:1
2 mart, «Santyago Bernabeu»
Gol: Militao (26, avtogol).
Real – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Rodrigo, 67), Modrich (Rodriges, 84), Kroos (Tchuameni, 74), Valverde, Kamavinga, Benzema, Vinisius.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso, Kunde, Balde, Buskets, Kessie (Roberto, 86), de Yong, Gavi, Rafinya (Fati, 69), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Vinisius (24), Rafinya (45), Gavi (51), Nacho (55), Kessie (66), Valverde (73).

Ko‘proq yangiliklar: