Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dunyoga mashhur brend tarmog‘iga kiruvchi yana bir mehmonxona ish boshladi
Dunyodagi yetakchi mehmonxonalar guruhi Accor O‘zbekistonda o‘zining birinchi “Mercure Tashkent” mehmonxonasini ochdi. Toshkent shahrida barpo qilingan mehmonxona poytaxtning borib ko‘rish kerak bo‘lgan manzillari, xalqaro aeroport va temiryo‘l vokzaliga yetib olish uchun juda qulay joyda joylashgani bilan birga standartlar asosidagi sifatli xizmatlarni ham taklif qiladi.

Foto: Kun.uz
“Mercure” brendi 60 mamlakatda 810 dan ortiq mehmonxonaga ega. Brend 110 ta mamlakatda 10 000 ta restoran va barga, 5300 dan ortiq mehmonxonaga ega hamda turli xizmatlar, mukofotlar va tajribalardan foydalanish imkonini beruvchi sodiqlik dasturi — Accor Live Limitless loyihasi a’zosi bo‘lgan dunyodagi yetakchi mehmonxonalar guruhi — “Accor” tarkibiga kiradi.
“Mercure Tashkent” turli toifadagi 126 ta zamonaviy va keng xonalarda joylashtirishni taklif qilib, o‘zining ilk mehmonlarini qabul qilmoqda. Mehmonxonada ikkita restoran — turk va Yevropa taomlari, ko‘plab xizmatlarga ega spa markazi, shuningdek, uchrashuvlar va tadbirlar uchun konferensiya zallari mavjud.
“Biz guruhning O‘zbekistondagi birinchi mehmonxonasi bo‘lgan “Mercure Tashkent”ning ochilishini g‘urur bilan e’lon qilamiz. An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Sharq va G‘arbni bog‘laydigan asosiy savdo va madaniy yo‘llar chorrahasida bo‘lib, o‘zligini eng yaxshi jahon namunalari asosida rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bois Accor hamkorimiz Lumiere MChJ bilan birgalikda mahalliy madaniyat, xarakter va an’analardan ilhomlangan o‘ziga xosligi va uyg‘unligi uchun “Mercure” brendini tanladi.
Mehmonxonaning zamonaviy infratuzilmasi va qulay joylashuvi mintaqaga yangi sayyohlar va ishbilarmon sayohatchilarni jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. O‘z navbatida, biz mehmonlarga eng yuqori jahon standartlariga asoslangan xizmatlarni taklif qilishga va ularning Toshkentda qolishlarini unutilmas qilishga tayyormiz. Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida yangi mehmonxonalar ochilishi mamlakatning sayyohlik jozibadorligini oshiradi, uning ichki va xalqaro sayyohlik bozorlarida raqobatbardoshligini mustahkamlaydi”, — dedi Accor New East Europe bosh direktori Aleksis Delaroff.
Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan mehmonxonadan Toshkentning asosiy muzeylari, afsonaviy Chorsu bozori va shaharning tarixiy markaziga borish qulay. “Mercure Tashkent” xalqaro aeroporti va temiryo‘l vokzalidan atigi 10 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, u yerdan Samarqand yoki Buxoroga tezyurar poyezdga chiqish mumkin.
Mehmonxonaning eng yaxshi joylashuvi tufayli mehmonlar shaharning rang-barang atmosferasidan bahramand bo‘lishlari mumkin — “Mercure” brendi mehmonlarni mahalliy an’analar bilan tanishtirish va ularni o‘zlari joylashgan joyning madaniy merosini o‘rganishga ilhomlantirish istagi bilan ajralib turadi.
Toshkent go‘yo qadimiy sharq ertaklari, nafis Yevropa arxitekturasi va zamonaviy ishbilarmonlik markazlarining yorqin osmono‘par binolari sahifalaridan tushgandek o‘rta asr binolarini o‘zida mujassam etgan.
Mehmonxonada turk va Yevropa taomlari tayyorlanadigan restoranlar, sog‘lomlashtirish majmuasi, turli doiradagi uchrashuvlar tashkil etish uchun konferensiya zallari ham mavjud.
“Mercure Tashkent” mehmonxonasi mehmonlarga “Mercure” brendining xalqaro xizmat ko‘rsatish standartlari va xizmat ko‘rsatish sifatining barcha afzalliklarini, jumladan, ALL – Accor Live Limitless global sodiqlik dasturiga a’zo bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

16:50 / 02.06.2025
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli

11:24 / 22.05.2025