Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli
Kun.uz qariyb 20 yildan beri Yaponiyada yashovchi hamyurtimiz – Dilnoza Ziyamova bilan suhbatlashdi. U yapon mehmonxonasini boshqaradi, menedjyer o‘rinbosari. Mehmonxona bosh direktori ishda bo‘lmaganda, butun tizimga o‘zim javobgarman, deydi Ziyamova. Qariyb 10 yildan beri mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Dilnozaga ko‘ra, Yaponiyada rahbarlik lavozimlariga xalq intilmaydi. Chunki bu katta mas’uliyat va birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi.

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida ta’lim olgan Dilnoza Ziyamova qariyb 20 yildan beri Yaponiyada yashaydi. Dastavval almashinuv dasturi orqali bu mamlakatga borgan qizni Yaponiya o‘ziga rom etadi va Dilnoza yashagani shu yerda qoladi. O‘zbekistondan juda uzoq manzillar tomon yo‘lga chiqishning bosh maqsadi – yapon madaniyati, tili va yozuvi, jamiyatiga qiziqishdir. Lekin xorijda o‘qish maqsadi Ziyamovaning bolalikdagi orzusi, oilasida o‘g‘il farzand bo‘lmagani bois qarindoshlariga o‘g‘il farzanddan kam emasligini isbotlash motivi edi.
“Yoshligimizda har yakshanba buvimnikida yig‘ilardik, o‘sha vaqtlarda xolamning o‘g‘illari «Umid» jamg‘armasi orqali Amerikaga ketgan, u yerda o‘qirdi. Amerikadan kelgan rasmlar meni hayratlantirgan, voy qarang, Amerika, derdim. Oilamizda o‘g‘il farzand yo‘q, men va singlim – ikki qizmiz. Lekin biz o‘zbeklarda har bir muvaffaqiyatga xuddi faqat o‘g‘il farzand erishadi, bunday emasligini isbotlash uchun ham xorijga intildim”, - deydi Dilnoza Ziyamova.
Talaba Ziyamovaning Yaponiyadagi ilk oylari turli qiyinchiliklar bilan o‘tgan. Sababi o‘sha davrdagi yopiq O‘zbekistondan chiqib kelgan qiz uchun rivojlangan tizimga ega davlatda yashash – oson ish emasdi. 19 yoshli Dilnoza hattoki, telefonsiz Yaponiyaga borgan, telefon olish uchun esa bu mamlakatda ota-onaning ruxsati kerak edi. Bu qoida sabab u 20 yoshiga qadar telefon ham ololmagan.
O‘sha vaqtda qilgan to‘g‘ri qarorlarim sabab bugun shu hayotda yashayapman, deydi Ziyamova. U ishlayotgan mehmonxona Yaponiyaning Osaka shahrida joylashgan, 103 ta xonasi bor, asosan xorijliklar bu yerda tunaydi. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona qariyb 5 yulduzli, biznes tarifida. Bu yerda mehmonlarni qabul qilish, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya, kirim-chiqim va boshqa kompaniyalar xizmatlaridan foydalanish ishlarini Dilnoza Ziyamova boshqaradi.
“Yaponiyada odamlar rahbarlik va mas’uliyatli lavozimlarga intilmaydi. Chunki busiz ham stressli davlat. Bundan tashqari Yaponiyada kichkina xato uchun ham rahbarlar jazolanadi, ular xalq oldiga chiqib, egilib-bukilib uzr so‘raydi. Masalan, mening rahbarim biror mehmon chiqindi tashlab ketsa, o‘zi chiqib tozalaydi. Rahbarlar o‘rnak bo‘lishi kerak, undan keyingi o‘rinda turuvchilar rahbardan o‘rnak oladi”, deydi yurtdoshimiz.
Dilnoza Ziyamova O‘zbekistonni sog‘inadi, oxirgi marta shu yilning martida Vatanga kelib-ketgan. Lekin shu safarini qariyb 5 yil kutgan, orada hattoki otasining a’zasiga ham kelolmagan.
“Dadam olamdan o‘tdilar, koronavirus vaqti edi va Yaponiyaga kirib-chiqish juda qiyin bir davr edi. Ishimdan ham ruxsat ololmadim va dadamning ta’ziyalariga borolmadim. Yaqinda O‘zbekistonga borganimda qabrlariga bordim, ziyorat qilib, ulardan uzrimni so‘radim”, – deydi Dilnoza Ziyamova.
Ziyamova Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan, ularning ikki farzandi Yaponiyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston fuqarolari. Chunki Ziyamova familiyasi va Vataniga sodiq. Turmush o‘rtog‘im farzandlarimga familiyasini berdi, men esa o‘z Vatanim pasportini, deydi u.
Uzoq yillardan keyin O‘zbekistonga kelgan Ziyamovaga mamlakatdagi chang ob-havo, buzilgan ekologiya yoqmagan. Bundan tashqari, jamoat joylarida gigiyena qoidalariga amal qilish, hojatxonalar topish bilan bog‘liq muammolar talaygina, deydi hamyurtimiz.
Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim temiryo‘l xodimlarining ish vaqti rejimi tartibga solindi
O‘zbekiston | 13:48
-
Pavel Durov Rossiyada Telegram ofisi ochilishini rad etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 6 oyda 872 ming kishi o‘z mehnat faoliyatini qonuniylashtirdi
O‘zbekiston | 13:25
-
AQSh bilan «mega kelishuv» qilayotgan Zelenskiy, Iroqda kuchli yong‘in va Eronga yangi dedlayn tayyorlayotgan G‘arb – kun dayjesti
Jahon | 13:14
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025