The Best-2022. Messi - yilning eng yaxshi futbolchisi va boshqa nominatsiyalardagi g‘oliblar

Sport 03:44 / 28.02.2023 32553

FIFA 27 fevral kuni Parijda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Argentina milliy jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli forvard 2022 yilda Argentina safida Qatarda o‘tgan jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, Leo Parij klubi bilan Liga 1 va Fransiya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

Barcha nominatsiyalar:

Foto: Getty images

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ» / Argentina);

Foto: Getty images

Eng yaxshi murabbiy – Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi);

Foto: Getty images

Eng yaxshi darvozabon – Emiliano Martines («Aston Villa» / Argentina);

Eng chiroyli gol muallifi – Marsin Oleksin («Varta Poznan» / Polsha);

Fair Play sovrini – Luka Lochoshvili (Gruziya)

«Eng yaxshi muxlislar» — argentinalik muxlislar;

Ramziy terma jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);

Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ» / Marokash), Virjil Van Deyk («Liverpul» / Niderlandiya), Joau Kanselu («Bavariya» / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Luka Modrich («Real» / Xorvatiya), Kazemiro («MYu» / Braziliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Karim Benzema («Real» / Fransiya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ» / Argentina).

Ko‘proq yangiliklar: